Savol va javoblar

Eng koʻp beriladigan savollarga qisqa javoblar. Savolingiz topilmadimi — qoʻngʻiroq qiling.

Toshkentdan uzoqmisiz?

Taxminan 50 kilometr, mashinada odatda bir soatdan kam. Marshrut va koordinatalar — «Qanday borish mumkin» sahifasida.

Qishda ishlaysizmi?

Ha, yil boʻyi. Yozgi basseyn va qayiq ijarasi mavsumiy, xonalar, sauna, bilyard va baliq ovi esa sovuq paytda ham ochiq.

Plyaj bormi?

Qumli plyaj yoʻq. Uning oʻrnida — suvga qulay tushiladigan keng beton pirs: toza va bexatar.

Oʻz taomimiz bilan kelsak boʻladimi?

Ha. Hududda manqal maydonchalari, oʻtin va idish-tovoq bor. Restoran ham ishlaydi.

Bolalarga nima bor?

Bolalar maydonchasi, yopiq oʻyin xonasi, yozda — basseyn. Hudud koʻkalamzor va sokin.

Suvda nima bor?

Katamaran va qayiqlar, katerda sayr, qirgʻoqdan baliq ovi. Yozda — pirsdan choʻmilish.

Joyni qanday band qilamiz?

Bizga qoʻngʻiroq qiling yoki saytda ariza qoldiring — qayta aloqaga chiqamiz. Saytda onlayn toʻlov yoʻq.

Bir kunga, tunamasdan kelsak boʻladimi?

Ha, topchan va shiyponlar bir kunga ham beriladi.

Avtoturargoh bormi?

Ha, mashinani hududda qoldirish mumkin.

Hayvonlar bilan kelsa boʻladimi?

Xona va uychalarda hayvon saqlash qoidalar boʻyicha taqiqlangan. Bir kunga uy hayvoni bilan kelishni oldindan telefonda aniqlang.

Qoʻngʻiroq qilish Ariza qoldirish